15:18 / 23.07.2015
3282

Yashnoboddagi do‘konlardan biriga o‘g‘rilikka tushgan talonchilar do‘kon egasini uyg‘otib yubordi

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida joylashgan do‘konlardan birida sodir etilayotgan o‘g‘rilik do‘kon egasi uyg‘onib ketganligi bois to‘xtatib qolindi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
1997 yili tug‘ilgan V. Usayev va 1999 yili tug‘ilgan Z. Jobirovlar tungi soat 3:00da do‘kon panjarasini buzib o‘g‘irlikka tushishdi. Ular do‘konda hech kim yo‘q deb o‘ylashgan edi. Ammo shu yerda tunab qolgan do‘kondor uyg‘onib ketishi natijasida talonchilar bor-yo‘g‘i 50 ming so‘mlik mahsulotni olib qochishga majbur bo‘lishdi.
Do‘kon egasi 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, tegishli idoralarga xabar bergach, huquqbuzarlar tezda qo‘lga olindi.

Top