06:44 / 24.07.2015
3514

Saakashvili: Odessa militsiyasini FQB tayyorlaydi

AQShning Federal qidiruvlar byurosi Odessa militsionerlarini mashg‘ulotdan o‘tkazadi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

Bu haqda Odessa viloyati ma'muriyati rahbari Mixail Saakashvili Ukraina islohotlar milliy kengashi natijalariga ko‘ra ma'lum qildi.

Saakashvilining aytishicha, o‘qitish doirasida FQB xodimlari tomonidan tayyorlanadigan 50 kishiga mo‘ljallangan alohida qism tashkil etiladi.

“Ular bu botqoq ichida qandaydir quruqlik tashkil qilish uchun qolganlardan ajratiladi, ular bu yerda kriminal, uyushgan jinoyatchilikka emas, balki insonlar uchun xizmat qiladilar” , deb ta'kidlamoqda Saakashvili.

Avvalroq AQSh Odessa militsiyasining yangi xodimlari va korrupsiyaga qarshi kurashini moliyalashtirishi ma'lum qilingandi.

Top