17:59 / 24.07.2015
7110

Toshkentdagi ko‘chalardan biri yopib qo‘yildi

Facebook ijtimoiy tamog‘ining «Voditeli Tashkenta» guruhi a'zolarining xabariga ko‘ra, Mirzo Ulug‘bek tumanida Salor bazasidan Mustaqillik ko‘chasiga olib boruvchi Sayram 7-tor ko‘chasi yopib qo‘yildi.

Foydalanuvchilar tomonidan joylashtirilgan suratlarda yo‘lning bir tomoni beton to‘sinlar bilan, ikkinchi tomoni panjara bilan berkitilgani aks etgan.

Qayd etilishicha, endi Sayram 7-tor ko‘chasidan Mustaqillik ko‘chasiga chiqib bo‘lmaydi.

Yo‘l berkitilishining sabablari yoki ushbu hududdagi ta'mirlash ishlari haqida Toshkent shahar hokimiyatining saytida hozircha hech qanday xabar berilgani yo‘q.

Top