00:07 / 25.07.2015
5577

Megaloyiha poyoniga yetmoqda

Ma'lumki, bir necha yillardan buyon Makkai mukarramadagi Masjidul Harom hududida keng ko‘lamli qurilish-ta'mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Loyiha bo‘yicha Makkai mukarramadagi Masjidul Harom va uning atrofi kengaytirilib, qayta qurildi. Ziyoratchilar uchun yangi mehmonxonalar barpo etildi hamda transport tirbandligini bartaraf etish maqsadida, yo‘lovchilar uchun metro xizmati ishga tushirildi.

Shuningdek, Masjidul Haromning “As-Sofa” eshigidan “Al-Fotih” va “Al-Umra” darvozalarigacha bo‘lgan hudud butunlay yangilandi. Nogironlar harakatlanishi uchun qo‘shimcha yo‘lakchalar qurilib, yangi liftlar o‘rnatildi hamda barcha qavatlardagi elektr jihozlari butunlay almashtirildi.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda Ka'bani tavof qilish joyi va Masjidul Haromning shimoliy hududida ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Qisqa fursat ichida qurilish-ta'mirlash ishlari o‘z nihoyasiga yetishi kutilmoqda.

Manba: Muslim.uz

Top