01:33 / 25.07.2015
3560

Obama Keniyaga yetib keldi

AQSh prezidenti Barak Obama Keniyaga ishchi safar bilan yetib keldi. AQSh prezidenti o‘z otasining yurtiga davlat rahbari sifatida ilk bor tashrif buyurmoqda.

Nayrobi aeroportida Obamani Keniya prezidenti Uxuru Keniata kutib oldi.

AQSh prezidenti Keniyaga tashrifi paytida tadbikorlik bo‘yicha global sammitda ishtirok etadi, savdo va investitsiyalar hamda xavfsizlikni ta'minlash va terrorchilikka qarshi kurashish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazadi.

Bundan tashqari, Obama o‘zining Kogelo qishlog‘idagi qarindoshlari bilan uchrashishi belgilangan.

Top