19:18 / 26.07.2015
2275

Eron TIV rahbari Fors ko‘rfazi davlatlarini terrorizmga qarshi birgalikda kurashishga chaqirdi

Eron Tashqi ishlar vazirligi rahbari Muhammad Javod Zarif Fors ko‘rfazidagi davlatlarga Yaqin Sharqda o‘rnashgan jangarilardan kelishi mumkin bo‘lgan xavfga qarshi birgalikda kurashishni taklif qildi.

"Hududdagi bir davlatga nisbatan tahdid barcha davlatlar uchun tahdid hisoblanadi. Hech qaysi davlat bu boradagi muammoni yolg‘iz hal qila olmaydi", deb bayonot berdi eronlik vazir.

Qayd etish joizki, Yaqin Sharqda oxirgi 1 yil davomida "IShID" tashkiloti jangarilari atrofdagi mamlakatlar tinchligiga rahna solib kelmoqda. Bu tashkilot jangarilari Suriya va Iroqning bir qancha viloyatlarini bosib olishgan. Bundan tashqari "IShID" Liviya va Shimoliy Afrikaning katta hududida ta'sir kuchiga ega hisoblanadi.

Tahlilchilarning baholashiga ko‘ra, "IShID" ayni vaqtda 90 ming kv. km maydonda o‘z nazoratini o‘rnatgan hamda 50 mingdan 200 mingacha jangarini o‘z safida birlashtirgan.

Top