09:28 / 26.07.2015
2707

Independent: Kemeron bir yildan keyin Yevropa Ittifoqidan chiqish bo‘yicha referendum tayinlashi mumkin

Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron 2016 yil iyunda Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi bo‘yicha referendum tayinlashi mumkin, deb The Independent nashri hukumatdagi o‘z manbasiga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda.

“Dauning-stritdagi manbalar, Kemeron hozirda yevropalik yetakchilar o‘zgarishlar zarurligini tushunayotganlari va Buyuk Britaniya bundan keyin ham yevrohududda yetakchi rol o‘ynashini istayotganlariga ishonmoqda. Bir amaldorning aytishicha, “so‘rovnomalar britaniyaliklarning YeIda qolish istagi oxirgi chorak asr davomida eng yuqori ekanligini ko‘rsatmoqda”, deb yozmoqda nashr.

Bryussel bilan aloqalarning uzilishiga qarshi chiqayotgan Kemeron ayni damdagi vaziyatdan natijada Buyuk Britaniya YeIda qolishi uchun maksimal foydalanib qolishni mo‘ljallayapti, deb aytmoqda manbalar.

Buyuk Britaniya parlamenti quyi palatasi 9 iyunda ikkinchi o‘qishda mamlakatning Yevropa Ittifoqidan chiqishi bo‘yicha referendum o‘tkazish haqidagi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladi.

24 iyul kuni AQSh prezidenti Britaniya global jarayonlarni qo‘llab-quvvatlashi uchun YeIdagi a'zoligini saqlab qolishi kerakligini ta'kidlab o‘tdi.

Top