07:50 / 26.07.2015
3768

International Champions Cup-2015 turnirida "MYu" "Barselona"ni mag‘lub etdi

25 iyul kuni Xalqaro chempionlar kubogi (International Champions Cup-2015) turnirining navbatdagi uchrashuvida "Manchester Yunayted" jamoasi "Barselona" bilan uchrashdi.

AQShning Santa-Klara shahridagi "Levays" nomli stadionda o‘tkazilgan ushbu uchrashuv manchesterliklarning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yinning ilk o‘n daqiqaligida Runining bosh bilan urgan goli evaziga hisobni ochgan "MYu" jamoasi 65 daqiqada Lingardning goli orqali ustunligini mustahkamladi. 90 daqiqada esa "Barselona"ning yosh futbolchisi Rafinya hisobni qisqartirdi, lekin Yanuzay o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda gol urib, o‘yinning 3:1 hisobida tugallanishini ta'minladi.

Barselona - Manchester Yunayted 1:3
Gollar: Rafinya (90) - Runi (8), Lingard (65), Yanuzay (90+1)
Ogohlantirish: Jons (49)
Barselona: ter Shtegen (Masip, 46), Vermalen (Mate, 60), Adriano (Rakitich, 46), Pike, Alba, Inesta (Ramires, 69), Buskets (Gumbau, 69), Roberto, Rafinya, Suares (El-Xaddadi, 70), Pedro (Xalilovich, 69).
Manchester Yunayted: De Xea (Jonston, 64), Darmian (Evans, 63), Djons (Uilson, 64), Shou (MakNeyr, 63), Blind (Blekkett, 63), Kerrik, Yang (Lingard, 63), Mata (Yanuzay, 63), Shneyderlin (Fellayni, 63), Runi (Smolling, 64), Depay (Perreyra, 64).

Top