21:30 / 26.07.2015
2133

Obama Keniya aholisini taraqqiyot foydasiga tanlovni amalga oshirishga chaqirdi

AQSh prezidenti Barak Obama Nayrobidagi nutqi davomida Keniya aholisi “chorraha”da turganini hamda “taraqqiyot foydasiga tanlovni amalga oshirishga” va mavjud chaqiriqlar bilan kurashishga chaqirdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

“Taraqqiyot uchun bir nechta muhim yechimlarni qabul qilish kerak”, deb aytdi Obama ko‘p mingli auditoriya oldida so‘zlagan nutqida.

Obama korrupsiya, tengsizlik, qabilalararo to‘qnashuvlar, terrorchilik bilan kurashish hamda ayollar va yoshlar uchun imkoniyatlar ochish, ta'lim va sog‘liqni saqlashni rivojlantirish zarurligini eslatib o‘tdi.

Top