08:03 / 26.07.2015
2998

Qirolicha Yelizaveta II taxtda o‘tirish davomiyligi bo‘yicha o‘z rekordini nishonlaydi

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II barcha britan monarxlari orasida taxtda uzoq vaqt o‘tirish bo‘yicha rekord o‘rnatadigan kunning kirib kelishini tantanali ravishda nishonlaydigan bo‘ldi. Bu haqda Daily Mail gazetasi xabar bermoqda.

“Qirolicha bu muhim sana – 9 sentabrda qabul uyushtirishga rozi bo‘ldi, bu kuni qirolicha Viktoriyaning 63 yil 216 kun hukmronlik qilgan davridan o‘zib ketiladi” deyilmoqda nashrning o‘z manbalariga iqtibos keltirgan holda berayotgan xabarida. Nashr suhbatdoshi qirolicha bu voqeaga jiddiy ahamiyat bermayapti, chunki u o‘zining hukmronlik muddatiga “o‘zidan avvvalgi o‘tmishdoshlari bilan raqobat qilish predmeti” sifatida qaramayapti.

“Bukingem saroyi xodimlari bu kunga belgilangan qandaydir ommaviy qabullar haqida rasman hech narsa e'lon qilmagan bo‘lsalarda, Hazrati Oliyalari o‘zlarining bu hukmronlik davrlarini tasdiqlaydigan tantanali marosimda ishtirok etish haqidagi masalada biroz orqaga chekindilar”, deb aytmoqda manba.

Nashr tantana o‘tkazilish joyi ma'lum qilinmaganini aytmoqda. Biroq bu qabul Shotlandiyada bo‘lishi ehtimoli aytilmoqda, chunki sentabr oyida qirolicha Yelizaveta va uning turmush o‘rtog‘i Edinburg gersogi Aberdindan g‘arbiy tomonda joylashgan Balmoral qasrida o‘zining an'anaviy ta'tilini o‘tkazadi.

Qizig‘i, hozirda bu rekordni ushlab turgan qirolicha Viktoriya 1896 yil 23 sentabrda ushbu rekordning o‘z aholisi tomonidan nishonlanishiga e'tiroz bildirmagan. Tantanalar paytida “Tarixda eng uzoq davom etgan hukmronlik” degan yozuv tushirilgan suvenirlar, turli kiyim-kechak va maishiy tovarlar – dastro‘molchalardan boshlab chinni idishlargacha sotilgan.

Top