10:44 / 27.07.2015
2820

Alyaska qirg‘oqlari yaqinida 6,9 balli zilzila sodir bo‘ldi

AQShning Alyaska shtati hududida 6,9 ball kuchga ega yer silkinishi ro‘y berdi. Bu haqda RIA Novosti nashri xabar berdi.

Hodisa talofatlari haqida aniq ma'lum qilinmagan.

Xabarda aytilishicha, zilzila 27 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 9:49da qayd etilgan. AQSh Geologiya xizmatining ma'lum qilishicha, zilzila markazi Nikolskiy qishlog‘idan 103 km janubda, 10 km chuqurlikda bo‘lgan.

Top