09:07 / 27.07.2015
18569

Frantsuz deputati ruschani bilmasligi tufayli Obama haqida haqoratli so‘zlar yozilgan futbolkani sotib oldi

Fransiya deputati, senator Iv Potstso di Borgo Qrimda Putin va Obama surati tushirilgan va surat ostida “Obama, sen ovsarsan” (“Obama, ty - chmo”) degan yozuvi bor futbolkani undagi yozuv haqoratomuz ekanligidan bexabar holda sotib olganini ta'kidlamoqda.

Di Borgo Qrimga Fransiya parlamenti a'zolari bilan Yalta, Simferopol va Sevastopolga tashrif buyurib, u yerda mahalliy rahbariyat bilan uchrashuv o‘tkazish uchun kelgan.

“Men ruschani o‘qishni bilmayman, yozuv esa kirill alifbosida yozilgan edi. Mening e'tiborimni futbolkadagi Putin va Obamaning surati jalb etdi. Men yozuvda haqoratli so‘zlar borligini xayolimga ham keltirmagandim. Buni keyinroq bildim”, deb vaziyatni tushuntirdi Di Borgo.

Top