10:21 / 27.07.2015
3690

Istanbulda ko‘cha tartibsizliklari davomida politsiyachi halok bo‘ldi

Istanbul ko‘chalarida uch kundan beri tartibsizliklar davom etmoqda. Shunday tartibsizliklardan birida turk politsiyasi zobiti Muhammad Fotih Siviriy tartibbuzarlarni hibsga olish paytida ko‘kragidan jarohat olishi oqibatida halok bo‘ldi.

Tartibsizliklar politsiya reydi amalga oshirilgan vaqtda siyosiy guruhlardan birining ishtirokchisi halok bo‘lgandan keyin boshlandi.

Turkiyada katta miqyosda o‘tkazilayotgan politsiya reydlaridan maqsad “IShID” terrorchilik tashkiloti tarafdorlarini qo‘lga olish bo‘lgan, biroq politsiyachilar so‘l radikal guruhlar a'zolarini ham hibsga olishgan.

Maxsus operatsiyalar Turkiyaning Suruch shahridagi teraktdan keyin boshlangan.

Top