Marhum qo‘shiqchi Maykl Jyeksonning otasi, musiqa menejyeri Jo Jyekson Braziliyada shifoxonaga tushib qoldi. Bu haqda TMZ.com portalida xabar berilgan.
Xabarda yozilishicha, ayni vaqtda Jo Jyekson San-Paulu shahridagi klinikaga yuragi xuruji qilishi tufayli yotqizilgan.
Manbada ma'lum qilinishicha, insultni boshdan kechirgan Jyekson ko‘rish qobiliyatidan mahrum bo‘lgan.
Nashrda qayd etilishicha, Jyekson San-Pauluga o‘zining 87 yoshli yubileyini nishonlash uchun tashrif buyurgandi. Ayni vaqtda braziliyalik shifokorlar uni muolaja uchun AQShga yuborish masalasini muhokama qilishmoqda.