16:36 / 28.07.2015
3341

Bag‘dodda Iroqning «Hizbulloh» partiyasi yetakchisi o‘g‘irlab ketildi

2015 yil 27 iyul dushanba kuni Bag‘dodda Iroqning «Hizbulloh» partiyasi yetakchisi o‘g‘rilab ketildi. Bu haqda TASS Eronning Fars axborot agentligi tarqatgan ma'lumotlarga tayanib xabar berdi.

Xabarda yozilishicha, partiya yetakchisi Abdul Rahmon Abdul az-Zahro Jazoiriy «Al-Hashad Al-Shabiy» nomi bilan mashhur bo‘lgan guruhda «Islom davlati» terrorchilik guruhiga qarshi kurashlarda ishtirok etib kelgan. U Bag‘doddagi Karrada tumanida o‘g‘rilab ketilgan va noma'lum manzilga olib ketilgan.

«Bir necha harbiy kiyimdagi jangarilar «Hizbulloh» yetakchisi uyi oldida Jip rusumli avtomobildan tushib kelishgan. Binoni vayron qilib uni o‘g‘rilab ketishgan», deb yozadi Fars Iroq xavfsizlik xizmati ma'lumotlariga tayanib.

Iroqdagi «Hizbulloh» harakati mamlakatda katta siyosiy kuchga ega partiya hisoblanib parlamentda eng vakilga ega bo‘lgan Birlashgan Iroq alyansi tarkibiga kiradi. Mazkur tashkilot Livandagi shu nomdagi harakatga hech qanday aloqasi yo‘q. Ular asosan IShID jangarilariga qarshi mamlakat hududida kurash olib borishadi.

Top