08:03 / 28.07.2015
3234

Hindistonda mamlakatning sobiq prezidenti vafoti munosabati bilan bir haftalik motam e'lon qilindi

Hindistonda mamlakatning sobiq prezidenti Abdul Kalom 84 yoshida vafot etdi, deb xabar bermoqda HindustanTimes gazetasi.

Nashrning qayd etishicha, sobiq siyosatchi Hindistonning Megxalaya shtati Shillong shahrida joylashgan Hindiston menejment institutida ma'ruza o‘qiyotgan paytda unda yurak xuruji yuz bergan.

Kalom yaqin oradagi shifoxonaga olib ketilayotganda yo‘lda vafot etgan.

Shu munosabat bilan Hindistonda 7 kunlik milliy motam e'lon qilindi.

Abdul Kalom 2002 yildan 2007 yilgacha mamlakat prezidenti lavozimini egallagan.

Top