07:33 / 28.07.2015
4227

Medvedev: Rossiya Ukrainaning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlaydi, biroq Qrimsiz

Rossiya Ukrainaning hududiy yaxlitligini o‘tgan yili Qrim bo‘yicha qabul qilingan qarorlarni hisobga olgan holda qo‘llab-quvvatlaydi, deb aytdi Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev.

“Biz bu masala bo‘yicha kelgusida ham maslahatlashuvlarni davom ettirishga tayyormiz, istalgan vaziyatda bu foydali”, deb aytdi Medvedev Sloveniya bosh vaziri Miroslav Tserar bilan muzokaralar natijalariga ko‘ra.

Yevropa Ittifoqidan Rossiyaga kiritilgan sanksiyalar Rossiya va Sloveniya o‘rtasidagi biznesga salbiy ta'sir qo‘rsatayotgani, biroq ularni bekor qilish tashabbusi Yevropa Ittifoqi tomondan bildirilishi kerak, deb ta'kidlamoqda Medvedev.

Qrim o‘tgan yili Rossiyaga qo‘shib olingan. Xalqaro hamjamiyat Qrimning Rossiya tomonidan qo‘shib olinishini tan olmayapti va yarimorolni Ukrainaning hududi deb hisoblashda davom etmoqda.

Top