08:10 / 28.07.2015
2382

Microsoft kompaniyasi Android uchun o‘zining interfeysini yaratmoqda

Microsoft kompaniyasi Arrow deb nomlangan Android uchun o‘zining interfeysini yaratmoqda. Bu haqda Microsoft News xabar bermoqda.

Interfeys uchta asosiy ekran oldi: bu eng ko‘p ishlatiladigan dasturlar menyusi, eslatmalar paneli va aloqalar va izohlar paneli. Barcha dasturlarga o‘tish uchun foydalanuvchi standart Android’dagi kabi zarur menyuga o‘tishi kerak.

Ayni paytda interfeys beta-versiya (sinov versiyasi) maqomida turibdi. Ushbu interfeysning APK-faylini (Android uchun bajariluvchi fayllar) olish uchun Google+’dagi tegishli jamoatchilikka murojaat qilish kerak.

Top