22:12 / 28.07.2015
6584

Tojikiston Rossiyaga nisbatan sanksiyalarga qarshi chiqmoqda

Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaga nisbatan iqtisodiy sanksiyalarga qarshi chiqmoqda, chunki bu sanksiyalardan Tojikiston iqtisodiyoti ham ziyon ko‘rmoqda.

Tojikiston Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Aslovning ta'kidlashicha, Dushanbe Rossiyani o‘zining hamkori hisoblagani sababli sanksiyalarga qarshi chiqmoqda.

Shuningdek, Aslovning ta'kidlashicha, Rossiyada katta sondagi tojik mehnat muxojirlari faoliyat ko‘rsatadi.

Dushanbe G‘arbning Rossiyaga qarshi sanksiyalarining bekor qilinishi uchun o‘z tomonidan muayyan diplomatik choralar ko‘rmoqda, deb ishontirmoqda Aslov.

Rossiya Federal migratsiya xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, Rossiyada 1,8 mln tojik mehnat qiladi. Tojikistonning mehnatga layoqatli aholisi 2,2 mln kishini tashkil qiladi.

Top