15:21 / 28.07.2015
8226

Tolibonlar Afg‘oniston shimolidagi 80ta qishloqni egallab oldi

Afg‘oniston shimolida joylashgan Qunduz viloyatidagi 80ta qishloq Tolibon harakati jangarilari tomonidan egallab olindi. Bu haqda TOLOnews axborot agentligi xabar bergan.

Xabarda ma'lum qilinishicha, tolibonlar hujumi natijasida tinch aholi vakillaridan 14 kishi halok bo‘lgan va ko‘pchilik yaralandi.

Ayni vaqtda yuzlab oila o‘z uylarini tark etib, boshqa tinchroq hududlarga qochib ketishga majbur bo‘lgan.

Top