12:50 / 29.07.2015
1997

Afg‘onistonda portlash tufayli 2 kishi halok bo‘ldi

29 iyul kuni Afg‘oniston shimolidagi Qunduz shahrida navbatdagi portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda "Sinxua" agentligi xabar tarqatdi.

Mahalliy hukumat vakili Abdul Vohid Vohidiyning ma'lum qilishicha, halok bo‘lganlardan biri yosh bola hisoblanadi. U bu terakt hududdagi terrorchi guruhlardan biri tomonidan sodir etilganini ma'lum qilgan.

Shuningdek, bu portlash shahar aholisining 11 nafari jiddi jarohatlanishiga sabab bo‘lgan.

Top