08:53 / 29.07.2015
15486

Aktrisa Xosiyat Xusanova 47 yoshida farzand kutmoqda

"Darakchi" nashrining ma'lum qilishicha, aktrisa Xosiyat Xusanovaning farg‘onalik muxlislari tahririyatga qo‘ng‘iroq qilib, uning homiladorligi tufayli sentabr oyidagi to‘ylarni rad etayotgani haqida ma'lum qilishgan.

Gazeta bu ma'lumotni tekshirib ko‘rgan va rostdan ham aktrisaning homiladorligi tasdiqlangan.

Aktrisa sentabr oyida farzand kutayotganini. lekin bu oydagi to‘ylarga takliflarni rad etmaganini ma'lum qilgan.

Ma'lumot uchun, 47 yosh arafasidagi Xosiyat Xusanovaning bir nafar 18 yoshli qizi ham bor.

Top