19:04 / 29.07.2015
2011

Belarusda qarzdorlarga internet va mobil aloqani taqiqlash bilan tahdid qilinmoqda

Belarus adliya vazirligi kreditlar, alimentlar, jarimalarni to‘lash va boshqa qarz majburiyatlari bo‘yicha qarzdor kishilarni mobil aloqa va internetsiz qoldirish bilan tahdid qilmoqda.

Belarusda, adliya vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, 3 mln kishi – aholining deyarli har ikkinchi fuqarosi, bolalar va ong-shuursiz fuqarolarni istisno qilganda, qarzdorlikka ega hisoblanadi.

Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari Valeriy Kulakovskiyning aytishicha, endi mamlakatda sud ijrochilari qarzni qasddan to‘lamaydigan ashaddiy qarzdorlarga qarshi ta'sir qilishning yangi usullari paydo bo‘ladi.

“Hozirda biz bazalar bo‘yicha qarzdorda mobil telefon borligini aniqlashimiz mumkin va zarurat paydo bo‘lganda unga nisbatan uyali aloqa operatori tomonidan tegishli xizmatlar ko‘rsatishga taqiqlov kiritishimiz, jumladan uning hisobida bo‘lgan barcha pullarni hibsga olish yoki yechib olishimiz mumkin bo‘ladi”, deydi Kulakovskiy.

Top