01:43 / 29.07.2015
8605

Depardega Ukrainaga 5 yilga kirish taqiqlab qo‘yildi

Ukraina Xavfsizlik xizmati mamlakat hududiga fransiyalik aktyor Jyerar Depardening 5 yilga kirishini taqiqlash haqida qaror qabul qildi, deb xabar bermoqda “Interfaks-Ukraina” agentligi.

“Ukraina Xavfsizlik xizmati madaniyat vazirligi so‘roviga asosan Depardening 5 yilga Ukrainaga kirishini taqiqlab qo‘ydi”, deb aytdi Ukraina Xavfsizlik xizmati spikeri Yelena Gitlyanskaya.

Gitlyanskayaning aytishicha, tegishli hujjatlar maxsus xizmat tomonidan Ukraina chegara xizmatiga ma'lumotlar bazasiga kiritish uchun topshirilgan.

Avvalroq Donetsk xalq respublikasi hukumati Jyerar Depardeni mehmonga chaqirgan edi. Biroq Ukraina madaniyat vazirligi Deparde ishtirokidagi filmlarni taqiqlamasligini ma'lum qilgan.

Top