01:51 / 29.07.2015
2076

Liviya hukumati umumiy amnistiya haqidagi qonunni qabul qildi

Liviyada ko‘pchilik ovoz bilan umumiy amnistiya haqidagi qonun qabul qilindi, deb ma'lum qilmoqda Afrigatenew portali.

Qonunga ko‘ra, amnistiyaga “terrorchilik, giyohvand moddalarni tarqatish, korrupsiya, hududlarni qurolli bosib olish” kabi jinoyatlarda ayblangan jinoyatchilardan tashqari, siyosiy va boshqa jinoyatlarda ayblanayotgan barcha liviyaliklar tushadi.

Bu qaror Liviyaning sobiq rahbari Muammar Kaddafining o‘g‘li Saif al-Islomga o‘lim jazosi chiqarilishi ortida qabul qilindi.

Saif al-Islom advokatlarining fikricha, sud jarayoni “namoyishkorona ko‘rinishga” ega bo‘lgan.

Avvalroq Saif al-Islom Kaddafi va Kaddafi hayotida davlat xizmatida bo‘lgan bir guruh amaldorlarga o‘lim jazosi tayinlangani ma'lum qilingandi. Ular harbiy jinoyatlar va 2011 yilda norozilik namoyishlarini bostirishda namoyishchilarning o‘limida aybdor deb topildilar.

Top