03:01 / 29.07.2015
4747

Navoiyda yil imomi-2015 tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimida har yili “yil imomi” ko‘rik tanlovi o‘tkazilib kelinmoqda. Tanlovni o‘tkazishdan maqsad o‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining “vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunni hayotga tatbiq etish, intizomli, ilg‘or, tashabbuskor, tadbirkor, nutqi ravon va keng omma afkoriga o‘z fikrini teran tushuntirib, yetkazib berish qobilyatiga ega bo‘lgan eng iqtidorli, har tomonlama faol yil imom-xatiblarni aniqlash va keng jamoatchilikka ma'lum qilish.
Joriy yilning 27 iyul kuni Navoiy viloyatida ham mazkur tanlovning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda muslim.uz portali xabar bermoqda. Xabarda keltirilishicha, viloyat bosqichida tumanlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan imom-xatib va imom-noiblar ishtirok etishdi. Ko‘rik tanlov qatnashchilari Qur'oni karim oyatlarining tafsiri, turli fiqhiy masalalar, Islom tarixi, aqidaparast oqimlar va ularning soxta iddaolari mavzulari bo‘yicha sinovdan o‘tdilar. Shuningdek, ishtirokchilarning ommaviy axborot vositalaridagi chiqishlariga ham alohida e'tibor qaratildi.
Ko‘rik tanlov davomida qatnashchilar o‘zlarining bilimdonlik, hozirjavoblik va ilmiy salohiyatlarini yana bir namoyish etdilar.
Yakuniy bosqich natijalariga ko‘ra, birinchi o‘rin Karmana tumani “Jaloyir” jome masjidi imom-xatibi Hakimov Abdulvohidga nasib etdi. Tadbir so‘ngida, g‘olib va ishtirokchilarga sovg‘alar topshirildi.

Top