15:40 / 29.07.2015
3161

Peterburglik nafaqaxo‘r ayol 10 kishini o‘ldirganlikda gumon qilinmoqda

Sankt-Peterburgda 67 yoshli Tamara Samsonova 79 yoshli dugonasini o‘ldirganlikda ayblanayotgan edi. Fontanka.ru saytining yozishicha, u yana 9ta qotillikda gumon qilinmoqda.
26 iyul kuni militsiya Valentina Ulanovaning boshsiz tanasini topib oldi. Jinoyat tezlik bilan fosh etildi: tanani uydan olib chiqayotgan Samsonova kuzatuv kameralarida qayd qilingan edi. Ayni paytda izquvarlar 2003 yili sodir etilgan shunga o‘xshash jinoyatni esga olishdi. Shu bois ikki nafaqaxo‘r birga yashagan xonadonda tintuv o‘tkazildi.
Qon izlaridan tashqari, xonadonda uch tilli kundalik ham topildi. Unda 10ta qotillik batafsil tasvirlangan edi. Shuningdek, yulib olingan varaqlari 12 yil muqaddam o‘sha jinoyat yerida topilgan kitob ham shu xonadonda ekanligi aniqlandi.
Jinoyatlarga diniy-ezoterik motivlar va hatto odamxo‘rlik sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Top