16:54 / 29.07.2015
2070

Xitoyda Taychjou shahri aeroporti faoliyati to‘xtatildi

Xitoy fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi Chjetszyan viloyatidagi Taychjou shahri aeroporti faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatishga qaror qildi. Bu haqda Sinxua agentligi ma'lumot berdi.
Aytilishicha, bu qaror yakshanba kuni Shenzhen Airlines aviakompaniyasining Taychjou-Guanchjou reysida sodir bo‘lgan voqea bilan bog‘liq. O‘shanda yo‘lovchilardan biri bortga yonuvchi suyuqlik va pichoq olib o‘tgan edi. Qo‘nish paytida jinoyatchi o‘rindiqlardan biriga o‘t qo‘yib yubordi, shundan so‘ng yo‘lovchilar va ekipaj a'zolari tomonidan qo‘lga olindi. Qo‘nish amalga oshirilgach, ekipaj va 95 nafar yo‘lovchi evakuatsiya qilindi, jinoyatchi esa politsiyaga topshirildi.
Voqea uchun javobgarlik Tayjchou aeroporti xavfsizlik xizmati zimmasiga yuklandi. Endilikda aeroportda tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Top