09:41 / 30.07.2015
2336

AQSh Davlat departamenti Saudiya Arabistoniga aksilraketa mudofaa tizimi unsurlarining 5.4 mlrd dollarga sotilishini ma'qulladi

AQSh Davlat departamenti Saudiya Arabistoniga zenitli boshqariluvchi Patriot Advanced Capability-3 raketalarining 5.4 mlrd dollarga sotilishini ma'qulladi. Bu haqda Pentagon ma'lumot berdi.

Qurollarni aviasozlik, aviakosmik texnika va kemasozlikka ixtisoslashgan Lockheed Martin kompaniyasi yetkazib beradi. Kompaniyaning ta'kidlashicha, ushbu qurol yaqinlashayotgan raketa va samolyotlardan himoya qiladi. U ayni kunlarda Germaniya, Niderlandiya, BAA, AQSh, Tayvan va Yaponiya qurolli kuchlarida qo‘llaniladi.

Shuningdek, AQSh tashqi siyosiy idorasi Saudiyaga quruqlik qo‘shinlariga mo‘ljallangan o‘q-dorini sotilishini ma'qulladi. Ushbu shartnoma qiymati 500 mln dollarni tashkil qiladi. Pentagon, shuningdek, AQSh Kongressi ushbu shartnomalardan ogohlantirilganligini ma'lum qildi.

Top