12:22 / 30.07.2015
2504

Bahraynda terakt uyushtirgan guruh qo‘lga olindi

Bahrayn rasmiylari 28 iyul kuni sodir etilgan qo‘poruvchilik harakatini ijro etgan shaxslar aniqlanganini ma'lum qilishdi. BNA agentligining ma'lum qilishicha, gumondorlarning bir qismi qo‘lga olingan.

Voqea yuzasidan boshqa tafsilotlar ma'lum qilinmadi.

Eslatib o‘tamiz, 28 iyul kuni shialar istiqomat qiluvchi Sitra shahri yaqinidagi maktablardan birida sodir etilgan portlash oqibatida 2 nafar politsiyachi halok bo‘lgan, 6 fuqaro jarohatlangan edi.

Top