Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 14:32 / 31.07.2015
3277
1 daqiqa o‘qiladi
Navoiyda qoramol o‘g‘risi qo‘lga olindi
Navoiy viloyati Navbahor tumani IIBga Arabxona mahallasida yashovchi 28 yoshli fuqaro ariza bilan murojaat qilib, noma'lum shaxs uning uyi molxonasidan bir bosh qoramolini o‘g‘irlab ketganini ma'lum qilgan.
Ichki ishlar xodimlari tomonidan jabrlanuvchi va guvohlar bilan tezkor-surishtiruv ishlari olib borildi. Amalga oshirilgan tadbirlar natijasida mazkur o‘g‘irlikni shu tumanda yashovchi 30 yoshli yigit sodir etganligi aniqlandi va u qo‘lga olindi.
Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.