21:09 / 31.07.2015
6149

Saudiya Arabistoni neftni quyoshga almashtirmoqchi

“Saudiya Arabistoni 2040 yilda neftdan elektr energiyasi olishni to‘xtatishi mumkin”,- deydi qirollik neft vaziri Ali al-Naimiy. Uning fikricha, bu vaqtda mamlakat quyosh va shamoldan energiya olish usuliga o‘tadi. Bu haqida iqlim o‘zgarishlari bo‘yicha Parijda o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada ham bayonot bergan. Al-Naimiy, shuningdek “Kelajakda Qirollik foydali qazilmalar emas, elektroenergiya eksport qiladi. Chunki Yer sharida yashovchi qariyb 1 milliard odam elektroenergiyaga ehtiyoji bor. Ishonamizki, quyosh energiyasi, qazilma yoqilg‘ilaridan ancha arzonga tushadi”, deb yozadi gazeta.ru.

Manba: muxlis.uz

Top