19:25 / 01.08.2015
2379

Devid Kemeron Kale portidagi namoyishlar tufayli Osiyoga safarini keyinga qoldirdi

Yevropadan Buyuk Britaniyaga olib o‘tadigan tunnelning kirish qismida afrikalik muhojirlar o‘tkazayotgan namoyishlar tufayli 4,5 mingta yuk mashinasi harakatdan to‘xtab qolgan. La-Mansh bo‘g‘ozi ostidan o‘tgan tunnelning ikkinchi qismida ham 4,5 mingta yuk mashinasi ikkinchi tomonga o‘ta olmay turibdi. Bu haqda The New York Times nashrida xabar qilindi.

Qayd etilishicha, Buyuk Britaniya vaziyatni hal qilish yo‘llarini izlamoqda.

Mamlakat bosh vaziri Devid Kemeron o‘zining Osiyoga amalga oshirilishi kerak bo‘lgan safarini keyinga qoldirib, shu muammoni hal qilish navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazishini ma'lum qilgan.

Xabar qilinishicha, Buyuk Britaniya hududiga o‘tkazilmayotgan afrikalik muhojirlar tunnel oldida o‘tkazayotgan namoyishlar davomida bir qancha yong‘inlar sodir etilgan.

Top