05:51 / 02.08.2015
2879

Ukraina hukumati DXRning 11 vazirini qidiruvga berdi

Ukraina huquq-tartibot muassasalari Donetsk xalq respublikasida vazirlar lavozimlarini egallayotgan 11 kishini qidiruvga berdi, deb yozdi feysbukda Ukraina IIVning Donetsk viloyati boshqarmasi boshlig‘i Vyacheslav Abroskin.

“2015 yil iyun-iyul oylarida Donetsk viloyati militsiyasi tomonidan joriy yilning may oyi holatiga ko‘ra o‘z lavozimlarini egallagan “DXR vazirlari” deb ataluvchi 11 shaxs qidiruvga berildi”, deb yozdi Abroskin.

Qidiruvga berilganlar orasida DXR adliya vaziri Yekaterina Filippova, IIV rahbari Aleksey Dikiy va energetika vaziri Yevgeniy Faynitskiy va boshqalar bor.

Top