14:38 / 03.08.2015
2981

2015 yilning birinchi yarmida Haval mashinalari savdosi 81 foizga o‘sdi

2015 yilning birinchi yarmida Haval brendi ostidagi avtomobillardan 311,2 ming dona sotildi. Bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 81,25 foizlik o‘sishni ko‘rsatadi. Bu haqda Great Wall avtokonserni hisobotiga asoslangan holda "AvtoSreda" nashri xabar berdi.

Ma'lum bo‘lishicha, yil boshidan buyon Xitoyda Haval N6 va Haval N2 rusumli mashinalardan mos ravishda 172 ming va 77,2 ming donadan sotilgan. Shu tariqa SUV segmentidagi bu markalar mahalliy bozorda ommabopligi bo‘yicha birinchi va oltinchi o‘rinlarni egallagan.

Yilning 6 oyi ichida Great Wall avtokonserni jami 415,3 ming dona avtomobilini sotgan. Bu 1 yil oldingi ko‘rsatkichlarga nisbatan 19,56 foiz o‘sish demakdir. Bu esa kompaniyaga Xitoyda SUV segmentidagi mashinalar savdosi bo‘yicha yettinchi o‘rinda joylashish imkonini bergan.

Great Wall avtokonserni hisobotida ko‘rsatilishicha, yilning birinchi yarmidagi daromad 4,9 mlrd yuanga teng bo‘lgan (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan +23,96 foizlik o‘sish).

Top