08:41 / 03.08.2015
3432

Estoniya fermerlari Rossiya embargosi tufayli ko‘rilgan zararning joyiga qaytarilishini talab qilishmoqda

Estoniyalik sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchi fermerlar hukumatdan Rossiya tomonidan qo‘yilgan embargo tufayli ko‘rilgan 7 mln yevro miqdoridagi zararlarini qoplashni talab qilishmoqchi. Bu haqda TASS nashri xabar bergan.

Bu haqda Estoniyadagi sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar uyushmasi vakili Yaanus Murakas milliy televideniye efiri orqali gapirgan.

"Yevrokomissiya shu yilning fevralida eston fermerlariga davlat tomonidan inqiroziy dotatsiya sifatida 6,9 mln yevro miqdoridagi mablag‘ ajratgan edi. Yevropa Ittifoqi Estoniya hukumati ham fermerlarga xuddi shu miqdordagi mablag‘ni berishini ma'lum qilgandi", deydi Yaanus Murakas.

Qayd etilishicha, 3 avgust kuni fermerlar hukumatga davlat byudjyeti orqali bu mablag‘ning to‘lab qo‘yilishini talab qilgan holda ochiq xat bilan murojaat qilishadi.

Top