14:33 / 03.08.2015
4123

Namanganda odam savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxs qo‘lga olindi

Namanganda odam savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” nashri yozmoqda.
Aytilishicha, Namanganda istiqomat qiluvchi Tolibjon ismli shaxsga tanishi Nodir Rossiyada ishlashni taklif qilgan. Bunda u oyiga kamida 800 dollar topishi va'da qilingan.
Tolib va yana uch kishi Nodir tomonidan Rossiyaga olib borilib, ishga joylashtirildi. Yigitlar ish boshlab, bu yerdagi hayotga o‘rgana boshlashdi. Ammo bir oydan so‘ng Nodir g‘oyib bo‘ldi. Pudratchi Nodir ularni 2 ming dollarga sotib, o‘zi ketganini ma'lum qildi.
Shu tariqa, yigitlar ikki oy bepul ishlab berishdi. Yana bir oy ishlab, yo‘lkiralariga pul topishdi.
Uylariga qaytishgach, ular Nodir Qosimovni topib, militsiyaga arz qilishdi. Sud Qosimovni 5 yillik qamoq jazosiga hukm qildi.

Top