17:46 / 03.08.2015
1874

Qozog‘istonda WhatsApp orqali terrorchilikni targ‘ib qilgan 8 kishi sudlandi

Qozog‘istonning Oqtepa shahrida 8 kishi WhatsApp messenjeri orqali terrorchilikni targ‘ib qilgani uchun 3-6 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda “Diapazon” nashri yozmoqda.
Yoshlari 21-38 orasida bo‘lgan ushbu qozog‘istonliklar 2014 yil aprelida messenjerda konferents-chat yaratib, u orqali bir-biriga ekstremistik xarakterdagi multimedia materiallari va matnli fayllar yo‘llab turgan.
Chatni yaratgan Qayrat Bektenov, shuningdek, aka-uka Baxtiyor va Abduqoliq Sazanovlar ayblarini tan olishmadi hamda Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi ularni qiynoqqa solganini aytishdi. 30 iyuldan buyon Sazanovlar ochlik saqlamoqda.

Top