18:00 / 03.08.2015
2895

Qozog‘istondan 129 ming dollar olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan Afg‘oniston fuqarosi qamaldi

2015 yil yanvarida Olma-Ota xalqaro aeroporti chegara zonasida “Yettisuv” bojxona posti xodimlari Afg‘oniston fuqarosi, 1987 yili tug‘ilgan Poyanda Dostonning yonidan 128 800 dollar topib olishdi. Bu haqda Kazinform milliy axborot agentligi xabar bermoqda.
Aytilishicha, u Olma-Ota-Abu Dabi aviareysi orqali ushbu pullarni chet elga olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan, ammo ularning borligi haqida deklaratsiyada ma'lumot keltirmagan. Pullarni Doston cho‘ntaklarida olib o‘tmoqchi bo‘lgan. Ammo post xodimi Qambarov rentgenda cho‘ntaklarda pul borligini ko‘rgan.

Poyanda Doston ushbu pullarga Abu Dabida mashina sotib olmoqchi bo‘lganligini aytmoqda. Unga 991 ming tanga miqdorida jarima belgilandi. 118 800 dollar mablag‘ davlat foydasiga musodara qilindi.

Top