12:05 / 03.08.2015
2925

Reyunon orolida samolyotning yangi qoldiqlari topildi

Malayziya transport vaziri Liou Tiong Lay matbuot anjumani chog‘ida Reyunon orolida yangi qoldiqlar topilganligini bayon qildi. Shu bilan birga, ular bir muddat ilgari g‘oyib bo‘lgan Boeing samolyotiga tegishli ekanligi hozircha aniqlanmaganligini ta'kidlab o‘tdi.
Ilgariroq ushbu orolda topilgan dastlabki qoldiqlar aslida boshqa buyumlarning parchalari bo‘lib chiqqan edi.
NewsAsia telekanalining ma'lum qilishicha, qoldiqlarni o‘rganish va identifikatsiya qilish jarayoni 5 avgust kuni boshlanadi.

Top