02:13 / 03.08.2015
7928

Sog‘liqni saqlash vaziri: Tug‘ruqxonalarda propiska talab qilish noqonuniy

Ba'zan Toshkentda doimiy ro‘yxatda turmagan homilador ayollarni yo‘llanmasizx tug‘ruqxonaga qabul qilishmaydi, degan fikrlar aytiladi. Ushbu savolga Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Anvar Alimov javob berdi.
“Amaldagi qonunchilikka asosan, respublikamizning har bir fuqarosi malakali tibbiy xizmat olish uchun istalgan shifokorni, tibbiyot muassasini tanlash huquqiga ega, – uning so‘zlarini keltiradi “Oila davrasida” nashri. – Uni bu huquqdan mahrum etishga hech kimning haqqi yo‘q. Poytaxtdagi hech bir tug‘ruq kompleksi ma'muriyati bo‘lg‘usi onani, u qayerdan bo‘lishidan qat'iy nazar, qabul qilmaslikka haqli emas. Shunday holat yuz berganda vazirlikning tegishli ishonch telefoniga (0371 2394795) ham murojaat etish mumkin”.

Top