11:44 / 04.08.2015
2776

Amerikalik kongressmen: Eron bilan kelishuvga qarshi ovozlar yetarli

AQSh Kongressining respublikachilardan saylangan vakili Piter Roskem partiyada Eron bilan kelishuvni ratifikatsiya qilishga qarshi chiqish uchun yetarli ovoz borligini ta'kidladi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar bermoqda.
Shuningdek, u amerikalik qonunchilar Eron bilan erishilgan kelishuvning xavfliligini endi tushuna boshlaganini ta'kidladi.
“Vaqt ushbu kelishuv tomonida emas. Kongress a'zolari uni qancha uzoq vaqt o‘rgansa, uning tarixiy xato ekanligini ham shunchalik chuqur tushunib boradi”, – dedi Roskem.
Shu bilan birga, agar Kongress ushbu kelishuvga qarshi ovoz bersa, prezident Barak Obama saylov natijalariga veto (taqiq) qo‘yishi mumkin, undan o‘tish uchun ikkala palatalarning 2/3 ovozi talab qilinadi. Respublikachilar buncha ovoz to‘play olishi esa shubha ostida.

Top