17:50 / 04.08.2015
1928

Avstraliya harbiy flot modernizatsiyasiga 89 mlrd dollar sarflaydi

Avstraliya hukumati mamlakat harbiy flotini rivojlantirishning uzoq istiqbolli rejasini ma'qulladi. Ushbu sohaga yo‘naltiriladigan investitsiyalarning maksimal miqdori, The Sydney Morning Herald nashrining yozishicha, 89 mlrd dollarni tashkil qiladi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Toni Ebbot hukumat majlisi yakunlariga ko‘ra bergan bayonotida ma'lum qildi.

40 mlrd dollar byudjyet mablag‘lari Janubiy Avstraliyada ulkan kemasozlik xabini yaratishga qaratiladi, Viktoriya va G‘arbiy Avstraliya shtatlaridagi yirik kemasozlik markazlari esa moliyalashtirilmaydi.
Mablag‘ harbiy korvet va fregatlar qurilishiga sarflanadi. Bundan tashqari, 49 mlrd dollar suv osti kemalari floti yaratilishiga sarflanadi.
Korvetlar 2018 yildan, fregatlar 2020 yildan qurila boshlaydi.

Top