18:41 / 04.08.2015
2314

Belarus Yevrosiyo barqarorlashtirish va rivojlantirish jamg‘armasidan 3 mlrd dollar so‘radi

Belarus yangi barqarorlashtirish dasturini amalga oshirish uchun Yevrosiyo barqarorlashtirish va rivojlantirish jamg‘armasidan 3 mlrd dollar kredit olmoqchi. Bu haqda mamlakat milliy banki rahbari Pavel Kallaur bayonot berdi.
“Dastlab murojaatnomada 3 mlrd dollarlik summa ko‘rsatildi, ammo bu qoniqtirilishi mumkin bo‘lgan eng kam so‘rovdir. Aniq sonlar ko‘plab omillar, shu jumladan, jamg‘armaning imkoniyatlariga bog‘liq bo‘ladi”, – uning so‘zlarini keltiradi TASS agentligi.
Uning so‘zlariga qaraganda, mamlakatda ayni kunlarda iqtisodiyotni yaqin besh yil ichida rivojlantirish bo‘yicha aniq rejalar tuzilmagan.

Top