11:31 / 04.08.2015
35215

Gollivud yulduzlarining stomatolog huzuriga tashrifidan avvalgi va keyingi holati

“Darakchi” gazetasi shou-biznes olamiga oid quvnoq reytinglar e'lon qilishda davom etmoqda. Bu safar mashhur san'at va madaniyat arboblarining tabassumlari reytingi o‘quvchilarga taqdim etildi.
Gollivud yulduzlaridan tuzilgan to‘qqizlikdan tish muammosiga uchrab, tish doktoriga murojaat qilishga majbur bo‘lgan aktyor va qo‘shiqchilar o‘rin oldi.

Ular ichida birinchi pog‘onani mashhur aktyor, “Oushen” silsilasi va ko‘plab boshqa filmlar bilan
shuhrat qozongan Jorj Kluni egalladi. Klunining tishlari dastlab ustma-ust o‘sgan edi. Uzun-qisqa tishlarni risoladagidek holatga keltirish uchun u ko‘p bora shifokor qabulida bo‘lgan. Buning natijasida esa ko‘plab filmlarning qahramoniga aylanib, millionlab muxlislarga ega bo‘ldi.

 

Ikkinchi o‘rinda turgan Ketrin Zeta-Jons, uchinchi o‘rindagi Spice Girls guruhi solisti Viktoriya Bekxem, beshinchi o‘rindagi Demi Murlar ham mana shunday muammoga uchrashgan.

 

To‘rtinchi natijani qayd qilgan aktrisa Nikol Kidmanning tishlari bir tekis bo‘lsa ham, ulardagi sariq dog‘lar bemalol tabassum qilish imkonini bermasdi. Muntazam ravishda oqartirish muolajasini o‘tkazishgina kerakli natijani berdi.

 

Oltinchi o‘rin yana bir mashhur erkak aktyor – Tom Kruzga nasib qildi. Uning oldi tishi doktorning muolajasiga muhtoj edi. Endilikda u ushbu muammodan xalos bo‘ldi.

 

Shuningdek, to‘qqizlikka Kirsten Danst, Selin Dion va Keyoyt Bekinseyllar kiritildi.
Shuningdek, gazetada aynan shu ko‘rsatkich bo‘yicha O‘zbekiston san'ati o‘nligi tuzib chiqildi.

Unda birinchi o‘rin 58 yildan O‘zbek milliy akademik drama teatrida faoliyat yuritib kelayotgan O‘zbekiston xalq artisti To‘ti Yusupovaga berildi.

Undan keyingi o‘rinlarni xonandalar Alisher Fayz va Shahzoda egallashdi.

Shuningdek, o‘nlikka aktrisa Ra'no Shodiyeva, raqqosa Shodiyora Omonova, teleboshlovchi Rixsitilla Abdullayev, Otajonovlar sulolasining kenja vakillaridan biri Ali Otajonov, aktyor Bobur Yo‘ldoshev, aktrisalar Asal Shodiyeva va Dilnoza Kubayevalar
o‘rin olishdi.

Top