18:50 / 04.08.2015
7558

Jizzax bozori yaqinida mashina o‘g‘irlab ketildi

Jizzax bozori yaqinida mashina o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Aytilishcha, Baxmal tumani markazi O‘smat shaharchasida yashovchi O‘ktam ismli shaxs Jizzax bozoriga kelib, o‘ziga tegishli VAZ-2106 mashinasini yo‘l bo‘yida qarovsiz qoldirib ketgan. U bozordan chiqqanida mashinasining o‘g‘irlab ketilganligini ko‘rdi.
Ichki ishlar idorasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir davomida avtomashinani jabrlanuvchining hamqishlog‘i Omon olib qochgani aniqlandi. Avtomashina O‘smatda beton to‘siqqa urilgan holda topildi.
Ayni paytda tergov ishlari davom etmoqda.

Top