17:34 / 04.08.2015
6606

O‘zbekistonda energetikani tejash bo‘yicha yangi davlat standarti qabul qilindi

O‘zbekistonda yangi O‘zDSt ISO 500001:2011 raqamli «Energetika boshqaruv tizimi. Undan foydalanishni boshqarish talablari» standarti ishlab chiqildi.

«Review.uz»ning Iqtisodiyot vazirligi va Statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga tayanib xabar berishicha, mazkur standart 2015-2019 yillarda energiya iste'molini kamaytirish, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda energiyani tejovchi texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha chora-tadbirlar Dasturi doirasida ishlab chiqilgan.

Joriy yilda O‘zbekistonda energiyani tejash bo‘yicha qiymati 13,4 mln dollarni tashkil qiluvchi katta xalqaro loyihani amalga oshirish tugatilgandi. BMTning Taraqqiyot dasturi va Global ekologik fond hamkorligida 5 yildan ortiqroq vaqt mobaynida mavjud issiqxonalardagi gaz va ijtimoiy inshootlardagi energiya manbalarini tejash bo‘yicha ish olib borishdi.

Top