12:24 / 04.08.2015
2834

"O‘zbekkino" chiptalarni onlayn to‘lov orqali sotishni rejalashtirmoqda

“O‘zbekkino” Milliy agentligi “Klik”, “SMS to‘lov”, “Uz Kard”, “M-Banking” onlayn to‘lov orqali chiptalar sotishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi xabar berdi.

“Ayni paytda poytaxtimizdagi kinoteatrlarda o‘rindiqlar raqamlanmagan. Kishi duch kelgan joyga o‘tirib olaveradi. Onlayn-to‘lovi orqali chipta olish fuqarolar uchun ham, kinofilmni talab va taklif qonuni orqali iste'molchiga yetkazishda barchaga qulaylik yaratadi. Buning uchun kinoindustriyaning bu haqidagi nizomga ushbu jihatni qo‘shishimiz kerak”, - deydi agentlik direktori Ahmadjon Umarov.

Top