11:38 / 04.08.2015
6979

Poroshenko o‘z biznesi haqida gapirib berdi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko o‘z biznesi va aktivlarini qanday boshqarayotgani haqida gapirib berdi. Avstriyaning Kurier nashriga bergan intervyusida u ayni paytda aktivlarini G‘arb investitsion jamg‘armalari boshqarayotganini tan oldi.
U biznesdan o‘z ixtiyoriga ko‘ra uzoqlashganligini ta'kidlab o‘tdi. Shu bilan birga, uning aktivlarini qaysi kompaniyalar boshqarayotgani haqida ma'lumot bermadi.
Poroshenko uning prezidentlik faoliyati o‘z biznes manfaatlari bilan bog‘liq emasligiga ishontirdi.
“Boy insonlar siyosat bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘lishi normal holat”, – qo‘shimcha qildi u.

Top