11:35 / 04.08.2015
10104

Qirg‘izistonlik dehqonlar chegarachilar ko‘magida O‘zbekiston ichiga 100 m ga kirib kelishdi

Joriy yilning iyun oyida o‘zbekistonlik chegarachilar tomonidan Qirg‘iziston fuqarolarining davlat chegarasini buzganligi holati qayd qilindi. Aniqlanishicha, bir guruh qirg‘izistonlik dehqonlar chegarachilar ko‘magida O‘zbekiston hududiga 100 m kirib kelib, 5 ga li maydonda o‘t urish bilan shug‘ullangan.
Huquqbuzarlik aniqlanganda, qirg‘izistonlik chegarachilar muzokara boshlaganday bo‘lib, o‘z fuqarolariga ishini yakunlashga imkon tug‘dirib berdi. Ammo ularning o‘zbekistonlik hamkasblari voqealarni videotasmaga muhrlashga erishishdi.
Ertasi kuni voqea yuzasidan Jalolobod chegara otryadi komandiri podpolkovnik Ilgiz Tolipov bilan uchrashuv o‘tkazildi. U dastlab huquqbuzarlik holatini inkor qildi, ammo videodalil uni fikridan qaytishga majbur qildi. Shunga qaramay, Tolipov qirg‘izistonlik dehqonlarga O‘zbekiston hududida o‘rib olingan somonni olib chiqib ketish imkonini berishni talab qildi.
Eslatib o‘tamiz, 2013 yil 25 iyun kuni ikki davlat chegara xizmatlari vakillarining uchrashuvlarida o‘zaro chegaralardan o‘tib, 500 m gacha kirish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik borasida kelishuvga erishilgan edi.

Top